Xonalarimiz

MEDIA ZONA qoidalari:

1

Studiya broni boshlanishi — bu Mijoz studiyoga yetib kelgan vaqt emas, balki Mijoz oldindan belgilagan vaqt hisoblanadi.

2

Agar Mijoz kechiksa, bron vaqti uzaytirilmaydi. Agar Mijoz 30 daqiqadan ko'proq kechiksa, bu haqida xabar berishi lozim, aks holda Mijoz kelmagan deb hisoblanadi va studiya zalni boshqa Mijozga berishga haqli.

3

Agar studiya zali bo'sh bo'lsa, Mijoz qo'shimcha to'lov bilan bronni uzaytirishi mumkin.

4

Bron vaqti tugagandan so'ng barcha ishtirokchilar zalni tark etishlari kerak. Mijoz zalni tartibga keltiradi va Administrator zalni tekshirib olguniga qadar studiyada qolishlari talab qilinadi.

Ko’p beriladigan savollar

Ha, oldindan band qilish tavsiya etiladi. Shunda sizga mos vaqtda studiya bo‘sh bo‘lishi kafolatlanadi.

Albatta, siz o‘zingiz bilan shaxsiy videograf, fotograf yoki ijodiy jamoangizni olib kelishingiz mumkin.

Ha, qo‘shimcha to‘lov evaziga kamera, yoritish tizimi va mikrofonlar ijarasi mavjud.

Har bir honada o‘ziga xos fonlar mavjud. Ba’zi xonalarimizda 30 dan ortiq vizual fon mavjud — tafsilotlarni har bir xona sahifasidan ko‘rishingiz mumkin.

To‘lovni naqd, click/payme orqali yoki bank hisobiga amalga oshirish mumkin.

Ha, agar xohlasangiz, suratga olingan materialni professional tarzda montajlab beramiz.

Har bir mijozga band qilingan vaqt oralig‘ida xona tayyor holatda taqdim etiladi. Studiya ichida tozalikka rioya qilish va jihozlarga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish so‘raladi.

Ha, jamoamiz sizga chiroq sozlash, kamera joylashtirish va boshqa texnik jihatlar bo‘yicha yordam bera oladi.

Biz bilan bog‘lanish

Biz bilan bog‘laning

© 2025.Repid agency - Ijodiy yechimlar yaratamiz